«Temurbeklar maktabi»ga joriy yilda umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaganlik
to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga
asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, erkak jinsli O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi.
Nomzodlar uchun dastlabki tanlov «Temurbeklar maktabi»ga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash
joyi bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda o‘tkaziladi.
Nomzodlarning birinchi tibbiy tekshiruvi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi.
Bunda nomzodlarga qo‘yilgan talab: bo`yi-165sm va vazni-50 kgdan kam bo`lmagan.
Nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat o‘tkazish va nomzodlarni test sinovlariga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilish.
Nomzodlarning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuasiya) baholash diktant yozdirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda psixologik testlar o‘tkazish orqali
harbiy okruglar tomonidan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi. Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat
davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinadi.
Nomzodlar test sinovlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta'limi fanlari (5 — 9 sinflari kesimida)ning Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuziladi.