Akademiya Ilmiy kengashi – Akademiyaning doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organi bo‘lib, u o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, erkin fikr, kollegiallik va jamoa fikrini inobatga olish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ilmiy kengashning asosiy maqsadi Akademiya jamoasining sa’y-harakatlari va intellektual salohiyatini safarbar etgan holda:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Ilm-fan va innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunlarida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
xalqaro tajribalar asosida ta’lim jarayonini rivojlantirish;
davlat ta’lim standartlari darajasiga mos professional mutaxassislar yetishtirish;
Akademiyani mamlakatdagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylantirishdan iborat.
Ilmiy kengash quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
Ta’lim jarayoniga oid masalalar:
Akademiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha rejalarni tasdiqlash va bajarilishini muhokama qilish;
o‘quv rejalari va dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqish;
ta’lim jarayonini takomillashtirish, tinglovchi va kursantlar tayyorgarligi sifatini oshirish;
o‘qishga qabul, o‘qishni yakunlash jarayonlari va amaliyot natijalarini o‘rganish.
Ilmiy va uslubiy faoliyatga doir masalalar:
ilmiy tadqiqotlar rejalari, natijalari, darsliklar, monografiyalar va ilmiy adabiyotlarni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish;
ilmiy jurnallar tahririy hay’ati tarkibini tasdiqlash;
ilmiy loyihalar, grantlar mavzularini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
Kadrlar siyosatiga oid masalalar:
professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga nomzodlarni muhokama qilish va tavsiya etish;
professor-o‘qituvchilarning egallab turgan lavozimlariga munosibligini baholash;
professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash rejasini ko‘rib chiqish;
ilmiy unvonlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdimnomalar kiritish.
Ilmiy unvon va ilmiy darajalar bilan bog‘liq masalalar:
oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul natijalarini tasdiqlash;
doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbar va maslahatchilarini tasdiqlash.
Tuzilma va boshqaruv masalalari:
Akademiya tarkibiy tuzilmalarining nizomlari, rejalarini muhokama qilish va tasdiqlash;
bo‘lim va markazlar faoliyati bo‘yicha yillik hisobotlarni ko‘rib chiqish;
tekshiruv natijalarini muhokama qilish, zarur choralarni belgilash;
moddiy rag‘batlantirish tartibi va ustamalar mezonlarini belgilash;
o‘quv hamda moddiy-texnik bazani rivojlantirish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqish.
Boshqa vakolatlar:
Ilmiy kengash Akademiya faoliyatiga oid, kollegial muhokamani talab qiluvchi barcha masalalarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.