Boshliqning murojaati

AZIZ DO'STLAR!

Sizni O‘zbekiston Respublikasining yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishga taklif qilaman!

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi nafaqat eng yaxshi oliy harbiy ta'lim muassasasi, balki respublikamizda favqulodda vaziyatlarni oldini olish, bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash  sohasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Bugungi kunda Akademiyada xizmat qilayotgan jami professor-o‘qituvchilarning 5 foizi fan doktori (DSc), 40 foizi falsafa doktori (PhD) yoki fan nomzodi ilmiy darajalariga, shuningdek, 10 foizi professor va 31 foizi dotsent ilmiy ilmiy unvonlariga ega.

Akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari, shuningdek, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilari  sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar xavfini ilmiy jihatdan tahlil qilinib, muammoli vaziyatlarni yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Akademiya soha yo‘nalishidan kelib chiqib, ko‘plab xorijiy davlatlarning oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolangan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi va hokazo. Shuningdek, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlarning favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan muzokalar olib borilmoqda.

Biz abituriyentlarga “Yong‘in xavfsizligi” va “Texnosfera xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishlarini taklif etamiz.

Ta'lim ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan bo‘lib, o‘quv jarayonida eng zamonaviy o‘quv-moddiy texnik bazadan  iborat kompyuter xonalari va laboratoriyalaridan foydalaniladi.

Akademiyada sportning 8 ta turi bo‘yicha (mini futbol, kurash, shaxmat, qo‘l jangi, armrestling, yengil atletika, voleybol, krosfit turlari) bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shahar, respublika va xalqaro miqyosida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda kursantlarimiz munosib ishtirok etib kelmoqdalar.

Akademiyamiz bitiruvchilari yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlab, O‘zbekiston Respublikasi aholisining Favqulodda vaziyatlardan himoya qiladilar.

Vatanning munosib himoyachilari va talab qilinadigan mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarga aylaning.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi bilan muvaffaqiyatga erishish yo‘lini boshlang.

Sizga chin dildan omad tilayman!