ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING YONG‘IN-PORTLASH XAVFINI BAHOLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘grisida”gi PF-185-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-310-son hamda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2025-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ning tegishli bandlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida joriy yilning 20-noyabr kuni Ishlab chiqarish obyektlarining yong‘in-portlash xavfini baholash: muammo va yechimlar mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, “Hududgazta’minot AJ” Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ushbu anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad - respublikamizda mavjud bo‘lgan juda ko‘p korxonalar, kimyo, gaz, neft va shunga o‘xshash sanoat tarmoqlardagi texnologik jarayonlar har xil yonuvchi moddalarni ishlatish bilan bog‘liq turli halokatlarni ularning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, hamda ishlab chiqarish obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf qilish, yong‘in va portlash xavfini kamaytirish, shuningdek, xavf omillarini ilmiy asosda baholash masalalarini muhokama qilishdan iboratdir.

Anjumanni Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar jarayonida ilmiy yondashuvga asoslangan qarorlar qabul qilish, xususan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida fan, ta’lim hamda amaliyot o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, kuz–qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, texnogen avariyalar, yong‘in-portlash hodisalari kabi xavf-xatarlarning oldini olishda ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish zarurligini qayd etib, bu yo‘nalishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi olim va mutaxassislar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanishini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Respublikamiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilishda ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda ilmiy-texnik yondashuvlar asosida samarali profilaktika va davlat nazoratining yangi mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda sohaga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha milliy tajribani yaratish maqsadida, muhtaram Prezidentimizning 2025-yilning 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmoni, “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-310-son hamda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-311-son Qarorlari qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda davlatimiz rahbari tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini raqamli transformatsiya qilish, sohaga sun’iy intellekt va robototexnika imkoniyatlarini tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik yo‘nalishlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning yaxlit innovatsion zanjirini yaratish maqsadida qator topshiriq va aniq yo‘nalishlar hamda dolzarb vazifalar belgilab berilganini qayd etdi.

Anjuman doirasida Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan korxonalar respublikamizning barcha viloyatlarida mavjud. Jumladan, “Maksam-Chirchiq”, Olmaliq ammofos” (Toshkent viloyatida) “Lukoil Uzbekistan operating company” (Buxoro viloyatida), “GTL Uzbekistan” “Sho‘rtangazkimyo”, (Qashqadaryo viloyatida), “Navoiyazot” (Navoiy viloyatida), “UzAvto” (Xorazm viloyati), “To‘raqo‘rg‘on IES” AJga (Namangan viloyatida), “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Farxod GES” (Sirdaryo viloyatida), “Jizzax akkumulyator zavodi”, “SamAvto” korxonalari, “Olmaliq tog’-metallurgiya” AJ qoshidagi “Xondiza” kon-boyitish korxonasi (Surxondaryo viloyatida), “Taxiatosh IES”, “Ustyurt gaz kimyo majmuasi” (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) kabi yuzlab ishlab chiqarish korxonalari shuningdek, portlash xavfi mavjud bo‘lgan omborxonalar  bo‘lib, ushbu korxonalarning xavfliligi ularda ishlatiladigan va saqlanadigan portlash-yonish xavfi bo‘lgan moddalarning xususiyati va miqdori bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib bir qator olimlar va mutaxasislar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi va kelgusida amaliyotga keng joriy qilishga kelishib olindi.

  FVV Akademiyasi axborot xizmati