AHOLI VA HUDUDLARNING SEYSMIK XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashkilotchiligida poytaxtimizda 2025-yilning 25–26-sentabr kunlari “Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari” mavzusida Халқаро ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, nufuzli universitet va ilmiy institutlar olimlari, turli sohalar tadqiqotchilari, akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlar hamda 20 dan ortiq davlatlardan kelgan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi va hududlarni seysmik xavf-xatarlardan himoya qilishning ilmiy va amaliy yechimlarini topish, zamonaviy zilzilabardosh qurilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, aholining seysmik madaniyatini oshirish, qutqaruv xizmatlari va aholi harakatlarini muvofiqlashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iboratdir.

Anjumanni Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Nuriddin Qodirov ochib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda seysmologiya sohasini rivojlantirish, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, soha tashkilotlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, hozirgi vaqtda ushbu sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirilayotganini, aholining seysmik xavfsizligini ta’minlashning yangi usullari joriy etilayotganini, bugungi kunda zilzilabardosh qurilish texnologiyalarini joriy etish, aholini seysmik xavf-xatarlarga tayyorlash, favqulodda vaziyatlarda qutqaruv xizmatlari hamda aholi harakatlarini takomillashtirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib, yangi O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan shahar va qishloqlarimiz yuzi tobora yangilanib, bir-biridan ko‘rkam va zamonaviy bino-inshootlar qad ko‘tarayotganligini, shu bilan birga, ularning barchasi avvalo aholi xavfsizligini ta’minlaydigan mustahkam, seysmik barqarorligi yuqori obyektlar sifatida barpo etilayotganini e’tirof etdi.

Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov esa o‘z nutqida seysmik xavfsizlik sohasida ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda qutqaruv xizmatlari bilan aholi harakatlarini muvofiqlashtirish dolzarbligini ta’kidlab, yurtimiz aholisi va hududlari seysmik jihatdan xavfli hududda joylashgani barchamizdan alohida mas’uliyat talab etishini, zilzila xavfini oldini olishning iloji yo‘q, biroq unga tayyorgarlik ko‘rish, oqibatlarini kamaytirish va aholi xavfsizligini ta’minlash — bugungi kunning eng ustuvor vazifasi hisoblanishini alohida qayd etib o‘tdi.

Bu borada, Akademiyamizda bu fan sohalarini chuqur o‘qitish maqsadida yangi ilmiy ishlanmalr, o‘quv adabiyotlari va darsliklar chop etilayotganini, professor – o‘qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganini, ixtisoslik dasturlari yanada takomillashtirilayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek u o‘z nutqida Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Inson manfaati – barcha islohotlarimiz markazida bo‘lishi shart. Bino va inshootlar ham avvalo odamlarimiz hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lishi kerak.” deya aytgan so‘zlarini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek anjumanda so‘zga chiqqanlar – aholi o‘rtasida seysmik xavfsizlik qoidalarini keng targ‘ib qilish, qurilish sohasida zamonaviy material va texnologiyalarni qo‘llash, hududlarning seysmik monitoringini kuchaytirish — barqaror xavfsizlikni ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanishini, xorijiy ekspertlar ham so‘zga chiqib, o‘z mamlakatlaridagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar va O‘zbekistonda tashkil etilayotgan bunday nufuzli xalqaro anjumanlar ilm-fan hamda amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.

Anjumanda nufuzli universitetlar olimlari, ilmiy institutlar tadqiqotchilari va yosh olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, zamonaviy yondashuvlar, ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalarni taqdim etdilar.Anjuman doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Turin politexnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, shuningdek, Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolandi.Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni Samarqand shahrida davom etdi.Unda Xorijlik ekspertlar uchun ko'xna Samarqand shahrinin ko'zga ko'ringan maqbara va obidalarini ekskursiya tashkil qilinndi va mazkur sayohat ularning qalblarida iliq taassuraotlar qoldirdi.

Anjumanda bildirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar kelgusida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, sohaviy dastur va loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek aholi va hududlarning umumiy xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbeksiton Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
akademiyasi axborot xizmati