Yangi O‘zbekistonda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur loyiha doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, “Amaliy-o‘quv markazi” harbiy xizmatchilari va kursantlar hamda Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchilari hamkorlikda bugun tumanda joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida navbatdagi profilaktik tadbirni yuqori saviyada tashkil etdilar.
Bolajonlar uchun qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan oromgohdagi o‘qituvchi va o‘quvchilarga mutaxassislar tomonidan yong‘in xavfsizligini qoidalari, maxsus kiyim-boshlar, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, yosh bolalar sho‘xliklari natijasida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yozgi mavsumda belgilangan joylarda cho‘milish qoidalari bo‘yicha zarur tushunchalar va ma’lumotlar berildi yong‘in-qutqaruv xizmatida foydalaniladigan texnikalar, asbob-anjomlar va ayniqsa shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyim-boshlarni o‘zlari kiyib ko‘rib, qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortib, ushbu tadbir ularning qalblarida iliq taaassurotlar qoldirdi.
Tadbir yakunida bolajonlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar batafsil javoblar berishdi va bunday tadbirlar Akademiya jamoasi tomonidan tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Akademiya axborot xizmati