DINIY MUTAASSIBLIK, EKSTREMIZM VA TERRORIZM – JAMIYAT BARQARORLIGIGA TAHDID

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida kuni kecha Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi Mirzohid Xidirov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bosh inspektori adliya mayori Abror Musayev, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari ishtirokida “Payshanba − huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan notiqar oʻz nutqida texnologik yutuqlar, ilm-fan va axborot asri bo‘lishi bilan birga, murakkab va ziddiyatli jarayonlarga ham guvox bo‘lmoqdaligini, dunyoda tinchlik va barqarorlikka tahdid solayotgan eng dolzarb muammolardan biri – bu ekstremizm va terrorizm ekanligini, ular jamiyatni ichidan yemiruvchi, taraqqiyotga jiddiy to‘siq bo‘luvchi illatlar ekanligini, bugungi kunda dunyoning ko‘plab hududlarida ro‘y berayotgan terroristik hujumlar, diniy ekstremistik guruhlarning faoliyati va radikal g‘oyalarning yoyilishi global xavfsizlikni izdan chiqarmoqdaligini va ekstremizm va terrorizm – jamiyat barqarorligiga tahdid to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan davra suhbati yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 Akademiya axborot xizmati