NAZARIYA VA AMALIYOT UYGʻUNLIGI

Akademiyaning “Boshqaruvni tashkil etish, nazorat va huquqiy taʼminot” kafedrasi professor-oʻqituvchilari podpolkovnik A.B.Axmedov, podpolkovnik M.T.Usmonov va Toshkent viloyati Zangiota tumani FVB Profilaktika va nazorat boʻlinmasi, profilaktika va nazorat boʻyicha inspektorlari bilan hamkorlikda Akademiyaning kursantlari bilan “HINGWAY LOGISTICS CENTER” MCHJda amaliy dars mashgʻuloti tashkil qilindi.

Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad - Akademiya kursantlarining oʻzlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish hamda amaliyot bilan bogʻlagan holda mustahkamlash, kasbiy mahorati va amaliy ish koʻnikmasini shakllantirish, ishlab chiqarish korxonalarining yongʻin xavfsizligi holatini tahlil qilish, yongʻin xavfini baholash va yongʻin xavfsizligi choralarini belgilash boʻyicha amaliy koʻnikmalarini hosil qilishdan iborat.

Mashgʻulotlar jarayonida logistika markazining ish faoliyati, bino va inshootlarining olovga bardoshlilik darajasi, ombor binolarining portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalari, avtomatik yongʻin oʻchirish, shamollatish tizimlari, elektr, ichki va tashqi suv taʼminoti, yongʻin boʻlgan vaqtda harakatlanish tartiblari hamda logistika markazining yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Amaliy mashgʻulotlar davomida logistika markazida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari kursantlarda katta qiziqishlar uygʻotdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga logistika markazi mutaxassislaridan javoblar oldi.

 

Akademiya axborot xizmati.